Qanday ishlaydi

Xonadan tayyor rejagacha besh qadam

Hammasi brauzerda. Rasmlar — ModulX'ning haqiqiy ekranlari; namuna do'kon 10 × 7 m.

  1. 1

    Xona

    Shaklni tanlab, o'lchamini kiritasiz: uzunlik, en va balandlik. 20 ta tayyor shakl bor, ular orasida erkin ko'pburchak — istalgan xona uchun.

    OBYEKT yorlig'i: xona shakllari ro'yxati va uzunlik, en, balandlik maydonlari
  2. 2

    Eshik va jihozlar

    Eshik va derazalarni, kassa, muzlatgich, konditsioner va kolonnani joyiga qo'yasiz. Stellaj kerak bo'lmagan joyni «Bo'sh joy» bilan belgilaysiz.

    Asboblar paneli: Muzlatgich, Kassa, Konditsioner, Kolonna, Bo'sh joy, O'lchagich, Masofalar Qiya devorli do'kon 3D ko'rinishda: stellajlar kolonna va kassani aylanib o'tgan
    Jihozni asboblar panelidan tanlab, rejada joyini bosasiz; stellajlar uni aylanib o'tadi.
  3. 3

    Avtomatik terish

    O'lcham kiritilishi bilan ModulX stellajlarni o'zi teradi: devor bo'ylab, burchaklarda, o'rtada ikki tomonli qatorlar, qator uchida boshi-oxiri. Yo'lak eni maydonga qarab tavsiya qilinadi, eshik oldi bo'sh qoladi.

    Devor bo'ylab Ichki burchak Ikki tomonli Boshi-oxiri
    Avtomatik terilgan reja: devor bo'ylab, burchak va ikki tomonli stellajlar, yo'lak o'lchamlari
    Bu do'kon 70 kv.m: ModulX 110–140 sm yo'lak tavsiya qildi.
  4. 4

    Tekshirish va tuzatish

    Natijalar panelida maydon, stellajlar soni, yo'laklar va ogohlantirishlar ko'rinadi. Menejer stellajni suradi, uzunligini o'zgartiradi yoki o'chiradi; xato bo'lsa, ModulX ogohlantiradi.

    Natijalar paneli: maydon, stellajlar soni, ogohlantirishlar, yo'laklar va stellajlar ro'yxati
  5. 5

    Natija mijozga

    3D'da tekshirasiz, PDF yoki Excel olasiz, mijozga havola yuborasiz. Hammasi shu kuni.

    Do'kon 3D ko'rinishda: devor bo'ylab va ikki tomonli stellajlar

Natija

Mijozingiz nima oladi

  • 2D rejaO'lchamlari bilan: devorlar, stellajlar, yo'laklar, eshik.
  • 3D ko'rinishSakkizta tayyor ko'rinish, eshikdan va kassadan ham.
  • Stellajlar ro'yxatiTuri, o'lchami, balandligi, tokcha qavati va soni.
  • PDF, Excel va havolaFaylni berasiz yoki havolani telefoniga yuborasiz.

Rejani keyin ham o'zgartirsa bo'ladi

Loyiha saqlanib qoladi, jamoangiz uni ko'radi va o'zgartiradi. Mijoz o'zgartirish so'rasa, rejani qaytadan chizmaysiz — kerakli joyini tuzatasiz.

Mijozingizga rejani shu kuni bering

Demo so'rang: mijozingiz do'konining o'lchamlari bilan rejani birga tuzamiz.

Demo so'rash